Yangiliklar/Jamiyat

Namangan gullar festivali Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

Jamiyat 24 may, 14:16
Namangan gullar festivali Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

Namangan shahrida o‘tkazilgan gullar festivali rasmiy ravishda rekord sifatida e’tirof etilib, Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda tadbir tashkilotchilari ma’lum qildi.

2026 yilgi festival doirasida qariyb 150 million dona gul ko‘chati ekildi. Ushbu natija Namanganga “Bir oy davomida jamoa bo‘lib eng ko‘p gul ekilgan” nominatsiyasida jahon rekordini o‘rnatish imkonini berdi.

Mazkur yutuqni tasdiqlovchi rasmiy sertifikat Ginnes rekordlari vakili Sheyda Subasi tomonidan tantanali ravishda Namangan viloyati hokimiga topshirildi.

Gullar festivali har yili o‘tkazilib, hududdagi eng yirik madaniy tadbirlardan biri hisoblanadi hamda minglab mehmonlarni jalb qiladi.

8870

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→