Yangiliklar/Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi kon fojiasidan soʻng Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

Siyosat 23 may, 23:55
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi kon fojiasidan soʻng Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga Shansi provinsiyasidagi koʻmir konida yuz bergan portlash oqibatida odamlar halok boʻlgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, prezident halok boʻlganlarning oila a’zolariga hamdardlik soʻzlarini yetkazib, jabrlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tiladi.

Hodisa Tsinyuan okrugidagi Lyushenyu konida sodir boʻlgan. Portlash vaqtida yer ostida 247 nafar ishchi bo‘lgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘lgan. Xitoy raisi Si Szinpin jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va omon qolganlarni qidirish uchun barcha kuchlarni safarbar etishni topshirgan. Shuningdek, u voqea sabablarini batafsil o‘rganish va aybdorlarni javobgarlikka tortishni buyurgan.

6590

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→