Yaponiya o‘zbekistonliklarni Yaponiyada haydovchi bo‘lib ishlashga taklif qildi

O‘zbekistonda Yaponiyada haydovchi sifatida ishlash uchun nomzodlarni tanlash boshlandi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
Loyiha “Vatanparvar” tashkiloti hamda Yaponiyaning Onodera User Run va Willer Express kompaniyalari hamkorligida amalga oshirilmoqda. Dastur doirasida fuqarolar avtobus va yuk avtomobillari haydovchisi sifatida ishga jalb etiladi.
Tanlovda 21 yoshdan 38 yoshgacha bo‘lgan, D, CE yoki BC toifasidagi haydovchilik guvohnomasiga ega nomzodlar ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, haydovchilik staji kamida 2,5 yil bo‘lishi talab etiladi. Bundan tashqari, guvohnoma olinganidan keyin kamida uch oy davomida O‘zbekistonda yashagan bo‘lish zarur.
Saralangan nomzodlar uchun 2026-yil iyun oyidan boshlab Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 10 oylik bepul yapon tili va kasbiy tayyorgarlik kurslari tashkil etiladi. O‘qish davrida ularga bepul yotoqxona taqdim etiladi.
Dastlabki sakkiz oylik stajirovka davomida oylik maosh $1350–1450 atrofida bo‘ladi. To‘liq ish boshlangach esa qo‘shimcha to‘lov va bonuslar bilan daromad oyiga $3000 gacha yetishi mumkin.
Ish beruvchi ishchi vizani rasmiylashtirish, tibbiy va ijtimoiy sug‘urta hamda turar joy xarajatlarini o‘z zimmasiga oladi. Tanlov onlayn shaklda o‘tkaziladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
