Oʻzbekiston Markaziy banki 500 ming soʻmlik kupyura chiqarilishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

O‘zbekiston Markaziy banki ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 500 ming so‘mlik yangi banknot chiqarilishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Avvalroq internetda Mirzo Ulug‘bek tasviri tushirilgan yangi kupyura muomalaga kiritilishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Markaziy bank ushbu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
“Bugungi kunda yangi pul belgisini muomalaga chiqarish masalasi ko‘rib chiqilmayapti”, — deyiladi rasmiy bayonotda. Markaziy bank eslatishicha, “Markaziy bank to‘g‘risida”gi qonunning 39-moddasiga ko‘ra, pul belgilarining nominal qiymatini aynan regulyator belgilaydi.
Shu bilan birga, 40-moddaga muvofiq, mamlakat hududida qonuniy to‘lov vositasi bo‘lgan banknot va tangalarni muomalaga chiqarish bo‘yicha mutlaq huquq Markaziy bankka tegishli. Yangi pul belgilarini joriy etish bo‘yicha qarorlar qabul qilingandan va Senat tomonidan ma’qullangandan so‘ng, ular haqida rasmiy ma’lumotlar OAV orqali e’lon qilinadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
