Tayland vizasiz rejim muddatini 30 kungacha qisqartirishni ma’qulladi

Tayland hukumati 90 dan ortiq mamlakat fuqarolari uchun vizasiz kirish muddatini 60 kundan 30 kungacha qisqartirishni ma’qulladi.
Mazkur qaror vizasiz rejimdan noto‘g‘ri foydalanish holatlari aniqlangani fonida qabul qilindi. Rasmiylarga ko‘ra, ayrim xorijiy fuqarolar mamlakatga turist sifatida kirib, noqonuniy tadbirkorlik bilan shug‘ullangan yoki ruxsatsiz ishlagan.
Shuningdek, ayrim davlatlar uchun amal qilayotgan alohida vizaviy tartiblar qayta ko‘rib chiqiladi. Ayrim hollarda vizasiz kirish muddati 15 kungacha qisqartirilishi mumkin.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, o‘rtacha xorijiy turistlar mamlakatda taxminan 9 kun qoladi, shu sabab o‘zgarishlar turizm oqimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmasligi kutilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
