Yangiliklar/Siyosat

Qoraqalpogʻiston va Xorazm aholisi cheklardan avtomobil yutib olishi mumkin

Siyosat 20 may, 18:38
Qoraqalpogʻiston va Xorazm aholisi cheklardan avtomobil yutib olishi mumkin

2026-yil 1-iyuldan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tovarlar va xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilganda onlayn nazorat-kassa texnikasi orqali berilgan chekalar asosida har oy mukofotli o‘yinlar o‘tkaziladi.

Ushbu tashabbus doirasida Soliq mobil ilovasida «Yutuqli o‘yinlar» platformasi joriy etiladi. U har oy yakunlariga ko‘ra, keyingi oyning 5-sanasiga qadar g‘oliblarni inson omilisiz avtomatik tarzda aniqlaydi.

O‘yinlarning qonuniy o‘tkazilishi va g‘oliblarni taqdirlash jarayonini nazorat qilish uchun maxsus komissiya tashkil etiladi.

Har oylik o‘yinlar uchun asosiy sovrin sifatida avtomobil belgilangan. Bundan tashqari, qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi sovrinlar ham taqdim etilishi mumkin.

Shu bilan birga, amaldagi tartib – xaridlar summasining 1 foizini qaytarish (keshbek) mexanizmi saqlab qolinadi va odatdagi tartibda to‘lanadi.

7140

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→