O‘zbekistonda o‘qituvchilarga aviabilet va poyezdlarga chegirmalar berilishi mumkin

O‘zbekistonda ayrim pedagoglar uchun transport imtiyozlarini joriy etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Gap ichki reyslar bo‘yicha aviabiletlar va temiryo‘l qatnovlariga chegirmalar berish haqida bormoqda.
Hujjatga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab o‘qituvchilarga yiliga bir marta arzonlashtirilgan chipta xarid qilish imkonini beruvchi tizimni doimiy asosda joriy etish rejalashtirilmoqda. Imtiyozlar respublika reytingida yuqori o‘rinlarni egallagan ta’lim muassasalari pedagoglariga tatbiq etilishi mumkin.
Quyidagilar imtiyozdan foydalanishi mumkin:
- respublika reytingida TOP 100 ga kirgan maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari;
- TOP 20 ga kirgan texnikumlar;
- TOP 10 ga kirgan oliy ta’lim muassasalari.
Chegirma miqdori chipta narxining tarif qismidan 15 foizini tashkil etishi mumkin. Imtiyoz iqtisodiy klassdagi aviabiletlar hamda temiryo‘l chiptalariga tatbiq etiladi. Shu bilan birga, u yuqori tezlikdagi poyezdlarga amal qilmaydi.
Chegirma faqat erkin savdoda mavjud chiptalarga nisbatan qo‘llanadi. Safar esa bevosita yo‘nalishda — bir tomonga yoki borib-kelish shaklida amalga oshiriladi. Ushbu tartib faqat O‘zbekiston hududi doirasidagi qatnovlarga tegishli.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
