Yangiliklar/Siyosat

Kann festivalida g‘olib bo‘lgan yosh kinoijodkorlar mukofotlandi

Siyosat 20 may, 15:58
Kann festivalida g‘olib bo‘lgan yosh kinoijodkorlar mukofotlandi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti xalqaro maydonda muvaffaqiyatga erishgan yosh kinoijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, «Kelajak bunyodkori» medali bilan rejissyor va ssenarist Suhrob Qodirov hamda kinorejissyor Dilshodbek Usmonov taqdirlandi.

Ular Fransiyaning Kann shahrida bo‘lib o‘tgan inklyuziv filmlar xalqaro festivalida «Qadam. Quyosh bolasi Yusuf» qisqa metrajli filmi bilan qatnashib, bosh sovrin — Gran-prini qo‘lga kiritdi.

Farmonda mukofotlanganlarning milliy kino san’atini rivojlantirish, uni xalqaro miqyosda targ‘ib etish va milliy qadriyatlarni aks ettiruvchi asarlar yaratishdagi hissasi alohida qayd etilgan.

4860

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→