«Arsenal» 22 yildan so‘ng Angliya chempioniga aylandi

Sport 20 may, 11:35
«Arsenal» 22 yildan so‘ng Angliya chempioniga aylandi

Londonning «Arsenal» klubi 2026-mavsumida Angliya Premyer‑ligasida muddatidan oldin g‘olib bo‘ldi. Jamoa ushbu sovrinni oxirgi marta 2003-mavsumida qo‘lga kiritgan edi.

Chempionlik 37‑turdan keyin hal bo‘ldi. «Manchester Siti» safarda «Bornmut» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Mezbonlar Eli Junior Krupi goli bilan oldinga chiqdi, Erling Xoland hisobni tenglashtirdi.

Natijada «Siti» 78 ochko bilan yetakchidan 4 ochkoga ortda qoldi va bir tur qolganida chempionlik imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. «Arsenal» hisobida — 82 ochko.

Bundan bir kun oldin «Arsenal» «Bernli»ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Gol muallifi — Kay Xaverts.

Oxirgi bor klub 2003/04 mavsumida Arsen Venger boshqaruvida chempion bo‘lgan.

«Bornmut»ga qarshi o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov «Manchester Siti» safida to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi. U 84 ta uzatma bajardi, shundan 75 tasi aniq bo‘ldi.

Xusanov mavsum davomida asosiy tarkibdan joy oldi va jamoa bilan Angliya kubogi hamda Liga kubogini qo‘lga kiritdi.

«Arsenal» mavsumni «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yin bilan yakunlaydi. Shuningdek, jamoa 30-may kuni PSJga qarshi Chempionlar ligasi finalida maydonga tushadi.

7530

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→