Tramp Fors ko‘rfazi davlatlari iltimosidan so‘ng Eronga zarbani qordirdi

Dunyo 19 may, 13:59
Tramp Fors ko‘rfazi davlatlari iltimosidan so‘ng Eronga zarbani qordirdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Eron bo‘yicha rejalashtirilgan harbiy hujum keyinga qoldirilganini ma’lum qildi. U bu qaror Fors ko‘rfazi davlatlari rahbarlarining murojaatlaridan so‘ng qabul qilinganini aytdi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA yetakchilari zarbani kechiktirishni so‘ragan. Bu qaror «jiddiy muzokaralar» davom etayotgan bir paytda qabul qilingan bo‘lib, ular AQSH uchun “maqbul kelishuv”ga olib kelishi mumkin.

Shu bilan birga, AQSH istalgan vaqtda harbiy harakat boshlashga tayyorligini saqlab qolmoqda. Tramp yana Eron yadroviy qurolga ega bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi.

Vaziyat AQSH, Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinlik fonida rivojlanmoqda. Fevral oxiridan beri tomonlar o‘zaro zarbalar almashmoqda: AQSH va Isroil havo hujumlarini amalga oshirsa, Eron dron va raketalar bilan javob bermoqda.

Fors ko‘rfazi davlatlari esa mojaroning kengayishidan xavotirda. Eron katta raketa va dron zaxirasiga ega bo‘lib, ular orqali mintaqadagi infratuzilma obyektlariga zarba berishi mumkin.

Ayni paytda Vashington va Tehron o‘rtasidagi muzokaralar uchinchi tomon vositachiligida davom etmoqda. Biroq tomonlarning talablari hanuz keskin farq qilmoqda.

5810

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→