Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida Butunjahon Urbanizatsiya forumining ochilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-may kuni Boku shahrida o‘tayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etdi. Mazkur forum BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi – UN-Habitat homiyligida tashkil etildi.
Tadbir poytaxtdagi Kongress-markazida bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbarini Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va UN‑Habitat ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax kutib oldi. Marosim yakunida ishtirokchilar birgalikda sur'atga tushdi.
Forumning bu yilgi mavzusi — “Barcha uchun uy-joy: xavfsiz va barqaror shaharlar hamda hamjamiyatlar”. Unda turli davlatlar rahbarlari, hukumat vakillari va xalqaro tashkilotlar mutasaddilari qatnashmoqda.
Kun tartibidan shaharlarni barqaror rivojlantirish, arzon va zamonaviy uy-joy bilan ta’minlash, shahar muhitini yaxshilash, iqlim barqarorligini mustahkamlash hamda transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.
E’tiborli jihati — forum doirasida Shavkat Mirziyoyev Yetakchilar sammitida nutq so‘zlaydi. Bu chiqish mamlakatdagi urbanizatsiya va infratuzilma rivoji haqida bo‘lishi kutilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
