“Eko faol fuqaro” platformasi ishga tushirildi

Oʻzbekistonda aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi va ekologik madaniyatni targʻib qilish maqsadida ishlab chiqilgan “Eko faol fuqaro” yangi raqamli platformasi ish boshladi.
Ekologiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, ilova 1 maydan boshlab ishlamoqda va hozirda App Store hamda Google Play orqali yuklab olish mumkin. Platforma fuqarolarni kundalik jismoniy faollik va ekologik mas’uliyatli xatti-harakatlarga undash uchun moʻljallangan.
Loyihaning asosiy elementlaridan biri — “10 ming qadam” aksiyasi bo‘lib, uning doirasida foydalanuvchilar kunlik yurish normasi bajarilganda pul mukofoti olishlari mumkin bo‘ladi. Hozirda ushbu to‘lov mexanizmi bosqichma-bosqich ishlab chiqilmoqda.
“Eko faol fuqaro” platformasi faoliyati uchun har yili maxsus mablagʻlar hisobidan 10 milliard soʻm ajratiladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
