Yangiliklar/Jamiyat

‘zbek qisqa metrajli filmi ENTRE DEUX CANNES festivalida Gran-prini qo‘lga kiritdi

Jamiyat 17 may, 23:38
‘zbek qisqa metrajli filmi ENTRE DEUX CANNES festivalida Gran-prini qo‘lga kiritdi

Fransiyaning Kann shahrida boʻlib oʻtgan ENTRE DEUX CANNES 17-xalqaro inklyuziv kinofestivalida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Qadam. Quyosh bolasi Yusuf” qisqa metrajli filmi Gran-pri bilan taqdirlandi.

“Qadam” filmida Daun sindromli ona va bola oʻrtasidagi munosabatlar haqida soʻz boradi. Bosh qahramon Yusuf musiqaga qiziqish koʻrsatib, oʻzini anglash uchun intiladi. Onasi Zilola uning jamiyatga moslashishiga yordam beradi va toʻliq hayot huquqini himoya qiladi. Film inklyuziya, ijtimoiy moslashuv va qoʻllab-quvvatlash mavzulariga toʻxtalib oʻtadi.

Film guruhi:

  • Rejissyorlar: Suxrob Qodirov, Dilshod Usmonov
  • Rassom: Isobek Egamberdiev
  • Operator: Kamoliddin Ziyovuddinov
  • Film rejissyori: Xusniddin Boymatov
  • Studiya rahbari: Alisher Abdunazarov
7010

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→