Yangiliklar/Siyosat

Shavkat Mirziyoyev xalqaro forumda ishtirok etish uchun Bokuga keldi

Siyosat 17 may, 23:21
Shavkat Mirziyoyev xalqaro forumda ishtirok etish uchun Bokuga keldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 17-may kuni amaliy tashrif bilan Boku shahriga keldi.

Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Ozarbayjon madaniyat vaziri Adil Karimli va boshqa shaxslar kutib oldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 18-mayga belgilangan. Dasturga muvofiq, Oʻzbekiston Prezidenti Jahon Urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi tadbirlarida, jumladan, Yetakchilar sammitida ishtirok etadi.

Tomonlar shaharsozlikni barqaror rivojlantirish va urbanistika sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qiladi.

3510

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→