Tojikistonda yil boshidan buyon tabiiy ofatlar oqibatida 64 kishi halok boʻldi

2026-yil boshidan buyon Tojikistonda baxtsiz hodisalar va tabiiy ofatlar oqibatida 64 kishi halok boʻldi. Bu haqda Tojikiston Hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar qoʻmitasi "Asia-Plyus" nashriga xabar berdi.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, 1-yanvardan 13-mayga qadar 56 kishi turli baxtsiz hodisalarda hayotdan ko‘z yumgan, yana 8 kishi tabiiy ofatlar qurboniga aylangan.
Baxtsiz hodisalar orasida eng ko‘p uchraydigan holatlar — cho‘kish bilan bog‘liq. Ushbu davrda 36 ta o‘lim holati qayd etilgan. Shuningdek, 9 ta o‘z joniga qasd qilish holati, 9 ta yo‘l-transport hodisasi, bedarak yo‘qolgan shaxs jasadining topilishi va sababi aniqlanmagan o‘lim holati qayd etilgan.
Qutqaruvchilarni ayniqsa cho‘kish holatlarining ortishi tashvishga solmoqda. Jami 42 ta shunday hodisa yuz bergan bo‘lib, ulardan 6 nafar fuqaroni qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lingan.
Halok bo‘lganlar orasida 18 nafar bola va o‘smir bor. Eng ko‘p holatlar Xatlon viloyatida hamda respublika bo‘ysunuvidagi hududlarda kuzatilgan.
Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi aholi, ayniqsa o‘quvchilar o‘rtasida profilaktik tushuntirish ishlarini olib borayotganini ma’lum qildi. Fuqarolarga kanallar va daryolarda cho‘milmaslik, suvga kattalarsiz yaqinlashmaslik tavsiya etilmoqda.
Bundan tashqari, yilning dastlabki to‘rt oyida mamlakatda 644 ta tabiiy hodisa qayd etilgan. Lavinalar, sel, toshqin, chaqmoq urishi va boshqa ofatlar oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, 122 nafar fuqaro qutqarilgan.
Jumladan, 3 kishi qor ko‘chkisi oqibatida, 3 kishi sel tufayli, 1 kishi tosh qulashidan ва yana 1 kishi chaqmoq urishidan halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 1-mayga o‘tar kechasi Kulyab shahrida yuz bergan sel oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, yana 3 kishi jarohat olgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 850 ga yaqin oila zarar ko‘rgan.
Tabiiy ofatlar yetkazgan iqtisodiy zarar miqdori hozircha aniqlanmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
