O‘zbekistonda tug‘ilganlik haqida ma’lumotnoma onlayn shaklga o‘tkazildi

Oʻzbekistonda bolaning tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani olish tartibi soddalashtirildi – hujjat endi elektron koʻrinishda mavjud boʻlib, uni onlayn my.gov.uz. orqali rasmiylashtirish mumkin.
Jarayon 2023-yildan avtomatik ro‘yxatga olinayotgan bo‘lsada, QR-kodli ma’lumotnomani olish uchun fuqarolar tibbiyot muassasasiga murojaat qilishi kerak edi. Endi bu bosqich to‘liq raqamlashtirildi va shaxsiy tashrif talab etilmaydi.
Bola tug‘ilishi FHDYO organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgach, tegishli bildirishnoma avtomatik ravishda onaning my.gov.uz portalidagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Hujjatni olish uchun foydalanuvchi elektron raqamli imzo yoki OneID orqali tizimga kirib, “Ma’lumotnomalar” bo‘limidan tug‘ilganlikni ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatini tanlab, tayyor faylni yuklab olishi mumkin.
Qayd etilishicha, elektron hujjat an’anaviy shakldagi ma’lumotnoma bilan teng yuridik kuchga ega. Mazkur xizmat 2023-yildan boshlab tug‘ilgan bolalarga nisbatan amal qiladi va aholiga qulaylik yaratishga qaratilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
