Yangiliklar/Siyosat

Mirziyoyev va Toqayev Turkistondagi 5 ming kishiga moʻljallangan yangi masjidni ziyorat qildi

Siyosat 15 may, 15:44
Mirziyoyev va Toqayev Turkistondagi 5 ming kishiga moʻljallangan yangi masjidni ziyorat qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkistonga tashrifi doirasida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan birgalikda O‘zbekiston tomonidan qo‘shni davlatga sovg‘a sifatida qurilgan yangi masjidni ziyorat qildi.

Majmuaning umumiy maydoni 7 gektardan ortiqni tashkil etadi. Masjid 5000 nafardan ziyod namozxonni sig‘dira oladi hamda to‘rtta 70 metrlik minoradan, bosh zal va an’anaviy ayvonlarga ega uch qavatli binodan iborat.

4,2 gektarlik tutash hududda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu yerda yashil hududlar, piyodalar yo‘laklari, dam olish maskanlari, yoritish tizimlari, favvoralar va dekorativ elementlar barpo etilmoqda.

Masjid me’morchiligi islomiy va sharqona me’morchilik an’analariga asoslangan. Unda milliy naqshlar, gumbazlar, baland minoralar hamda zamonaviy qurilish yechimlari uyg‘unlashgan. Ichki bezaklarda islomiy xattotlik va bezak san’ati namunalari qo‘llangan.

Tashrif davomida Qur’on suralari tilovat qilinib, O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlari tinchligi va farovonligi uchun duo qilindi.

5450

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→