Boeing aksiyalari Xitoydan kelgan buyurtma xabaridan keyin 4 foizga arzonlashdi

Amerikaning Boeing samolyot ishlab chiqaruvchi korporatsiyasining aktsiyalari Xitoydan samolyotlar buyurtma qilingani haqidagi xabarlar fonida taxminan 4 foizga arzonlashdi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.
Aksiyalar narxining tushishi avval kuzatilgan o‘sishni bekor qildi. Ushbu o‘sish kompaniya bosh direktori Kelli Ortbergning Xitoyga tashrifi va hamkorlik kengayishi haqidagi kutilmalar fonida yuzaga kelgandi.
Pasayishga AQSh prezidenti Donald Trampning Fox News telekanalidagi bayonoti sabab bo‘ldi. Unga ko‘ra, Xitoy Boeing’dan 200 ta yirik samolyot sotib olishga rozilik bildirgan. Qaysi modellar xarid qilinishi hozircha ma’lum emas, kompaniya rasmiy izoh bermagan.
Xitoy bozori strategik ahamiyatga ega bo‘lishiga qaramay, investorlar yangilikni salbiy qabul qildi. Bunga asosiy sabab — kutilgan natijalar bilan amaldagi ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi tafovut.
Avvalroq Bloomberg ehtimoliy shartnoma 500 tagacha Boeing 737 Max samolyotini o‘z ichiga olishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Shu bois 200 dona haqidagi ma’lumot prognozlardan ancha past bo‘lib chiqdi va aksiyalar sotuvining kuchayishiga olib keldi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
