Toshkentda avtobus va Tracker to‘qnashdi: uch kishi jarohatlandi
Toshkentda yoʻlovchi avtobusi va “Tracker” rusumli avtomashina ishtirokida sodir boʻlgan YTH oqibatida uch kishi jabrlandi.
Baxtsiz hodisa 14-may, soat 08:20 da Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli koʻchasida sodir boʻldi.
Ma’lum qilinishicha, 69-sonli yo‘nalishda harakatlangan Yutong avtobusi BRT ajratilgan yo‘lakda ketayotgan bo‘lgan. Shu paytda Yakkasaroy va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasiga yaqinlashganda Tracker haydovchisi keskin yo‘nalishni o‘zgartirgan va to‘qnashuv yuzaga kelgan.
Hodisa oqibatida avtobus yoʻlovchisi, shuningdek, “Tracker” rusumli avtomashina haydovchisi va yoʻlovchisi jabrlangan. Ularning barchasi tez tibbiy yordamga murojaat qilishgan.
Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, hodisaning aybdori yengil avtomobil haydovchisidir.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
