O‘zbekistonda 3 mlrd so‘mdan ortiq kuchli dori vositalari kontrabandasi fosh etildi

O‘zbekistonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining yirik partiyasini noqonuniy olib kirish holati bartaraf etildi.
Hodisa Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani hududidan o‘tuvchi O‘zbekiston–Qirg‘iziston davlat chegarasi uchastkasida sodir bo‘lgan. Tezkor tadbirlar davomida noma’lum shaxslar tomonidan tashlab ketilgan uchta qop aniqlandi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu qoplarda 30 660 dona «Regapen» va 925 dona «Tropikamid» preparatlari bo‘lgan. Ularning umumiy qiymati 3 mlrd 297 mln so‘mni tashkil etadi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi (kontrabanda) hamda 251-1-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda noqonuniy yuk egalarini aniqlash va ularni qo‘lga olish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
