Yangiliklar/Jamiyat

Farg‘ona viloyatida qariyb 20 kg narkotiklar yuk mashinasi g‘ildiraklaridan topildi

Jamiyat 14 may, 13:52
Farg‘ona viloyatida qariyb 20 kg narkotiklar yuk mashinasi g‘ildiraklaridan topildi

Farg‘ona viloyatida yirik miqdordagi narkotik moddalarning noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi. Chegara qo‘shinlari xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda qariyb 20 kilogramm taqiqlangan moddalarni aniqladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Rishton tumanida sodir bo‘lgan. Qo‘shni davlatdan kelgan Volvo rusumli yuk mashinasi ko‘zdan kechirilganda, g‘ildirak ichiga yashirilgan maxsus joylar aniqlangan.

Narkotik moddalar olinayotgan paytda mashina haydovchisi hamda Uchko‘prik tumanida yashovchi shaxs qo‘lga olindi.

Tahlillar natijasida 3 kg 408 gramm opiy va 16 kg 405 gramm gashish borligi ma’lum bo‘ldi. Barcha moddalarning qonuniy tartibda musodara qilinishi ta’minlandi.

DXX xabariga ko‘ra, ushbu jinoyatga yana bir Uchko‘prik tumani fuqarosi aloqador bo‘lgan. U ham tezkor tadbirlar davomida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) hamda 273-moddasi 5-qismi (25-modda orqali) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

3670

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→