O‘zbekiston 2028-yil oktyabrigacha ilk kosmonavtini fazoga yuborishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston 2028-yil oktyabr oyigacha o‘zining birinchi kosmonavtini fazoga yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “O‘zbekkosmos” agentligi direktorining o‘rinbosari Muhiddin Ibragimov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda faqat uch davlat — AQSh, Rossiya va Xitoy pilotli kosmik parvozlarni amalga oshirmoqda. AQSh va Rossiya Xalqaro kosmik stansiyadan foydalansa, Xitoy o‘zining mustaqil orbital stansiyasiga ega.
“Biz barcha tomonlar bilan muzokaralar olib boryapmiz. Ularning har biri hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi. Bizning kosmonavtimiz fazoga uchganida, u Yerga bo‘sh qo‘l bilan emas, balki kamida muayyan ilmiy tajriba natijalari bilan qaytadi”, — dedi Ibragimov.
Parvoz taxminan 14 kun davom etishi kutilmoqda. Loyihani amalga oshirish uchun maxsus hukumat komissiyasi tuziladi. U kosmonavtni tayyorlash, nomzodlarni saralash va missiyani tashkil etish bilan shug‘ullanadi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- yoshi 27 dan 40 gacha;
- oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
- bo‘yi 160–190 sm;
- vazni 50–95 kg;
- chet tillarini bilishi.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yil fevral oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy yo‘ldoshni uchirish va ilk o‘zbek kosmonavtini tayyorlashga oid dastlabki ishlar taqdimoti bilan tanishgan edi.
Shuningdek, 2028-yilda “Mirzo Ulug‘bek” nomli 6U formatdagi ilmiy sun’iy yo‘ldoshni uchirish loyihasi ham ko‘rib chiqilmoqda. Bunda muhandislik jamoasini shakllantirish va mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
