Yangiliklar/Iqtisod

Oʻzbekistonda 2026-yilning birinchi choragida soliq tushumlari 63,6 trillion soʻmga yetdi

Iqtisod 11 may, 17:07
Oʻzbekistonda 2026-yilning birinchi choragida soliq tushumlari 63,6 trillion soʻmga yetdi

2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda soliq organlari tomonidan davlat budjetiga 63,6 trillion so‘m miqdorida tushum ta’minlandi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga yuqori.

Tushumlarning asosiy qismini daromad solig‘i tashkil etdi — 20,4 trillion so‘m. Ushbu yo‘nalishda eng yuqori o‘sish qayd etilib, 43 foizni tashkil qildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) tushumlari 12,5 trillion so‘mga yetib, 27 foizga oshdi.

Jismoniy shaxslar daromad solig‘idan tushumlar 10,7 trillion so‘mni tashkil etib, 15 foizlik o‘sish kuzatildi. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari 6 trillion so‘m (+17%), aksiz solig‘i esa 4,6 trillion so‘m (+1%) bo‘ldi.

Soliqsiz tushumlar 3,3 trillion so‘mni tashkil etib, 1 foizga oshdi. Yer solig‘i 34 foizga o‘sib, 2,8 trillion so‘mga yetdi. Mol-mulk solig‘i esa 2,3 trillion so‘mni (+11%) tashkil etdi.

Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) tushumlari 0,6 trillion so‘mga yetib, 12 foizga oshdi. Eng yuqori o‘sish suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqda qayd etildi — 82 foiz, 0,4 trillion so‘m.

3310

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→