Namanganda oʻz kelinini bitiruv libosi uchun janjaldan keyin oʻldirdi

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida 17 yoshli oʻquvchi qiz oʻldirildi. Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga koʻra, fojia 6-may kuni soat 08:30 atrofida “Yoshlik” mahallasida sodir boʻlgan.
Xabarlarga ko‘ra, 27 yoshli erkak va uning kelinchagi o‘rtasida rashk sabab janjal kelib chiqqan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, nizoga qizning bitiruv kechasi uchun tanlagan libosi sabab bo‘lgan.
Janjal davomida gumonlanuvchi 11-sinf o‘quvchisining ko‘krak va qorin qismiga bir necha bor pichoq urgan va voqea joyidan qochib ketgan. Qiz shifoxonaga olib borilgan, biroq shifokorlar uni saqlab qola olmagan.
Hodisa joyiga tergov-tezkor guruhi yetib kelib, zarur dalillarni yig‘di hamda tegishli ekspertizalarni tayinladi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan, tergov harakatlari davom etmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
