Bolalar ombudsmani Namanganda maktab o‘quvchisi o‘ldirilishi holatini nazoratga oldi

O‘zbekiston bolalar ombudsmani Namangan viloyati Kosonsoy tumanida voyaga yetmagan qizning o‘ldirilishi yuzasidan olib borilayotgan tergov jarayonida bolalar ombudsmani nazoratga olganini ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 6-may kuni sodir bo‘lgan. 27 yoshli erkak va uning unashtirilgani — 11-sinf o‘quvchisi o‘rtasida rashk sababli kelib chiqqan mojaro vaqtida erkak qizga pichoq bilan tan jarohatlari yetkazgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga olib borilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (“Qasddan odam o‘ldirish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan, tergov harakatlari davom etmoqda.
Bolalar ombudsmani bu kabi jinoyatlar o‘ta og‘ir toifaga kirishini va ularni hech qanday omillar bilan oqlab bo‘lmasligini ta’kidladi. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikka voqeani yoritishda ehtiyotkorlik va mas’uliyat bilan yondashish zarurligi eslatildi.
“Fojea tafsilotlari faqat tergov va sud doirasida ko‘rib chiqilishi lozim. Noto‘g‘ri yoki buzib talqin qilingan axborotlar javobgarlikning noto‘g‘ri taqsimlanishiga hamda jabrlanuvchining stigmatizatsiyasiga olib kelishi mumkin”, — deyiladi bayonotda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
