KXDR Kim Chen Inga suiqasd qilinsa, avtomatik yadroviy zarba berilishini e’lon qildi

Dunyo 10 may, 21:59
KXDR Kim Chen Inga suiqasd qilinsa, avtomatik yadroviy zarba berilishini e’lon qildi

Shimoliy Koreya rahbariyati Kim Chen Inga suiqasd qilingan taqdirda yoki davlat boshqaruv tizimi xavf ostida qolsa, avtomatik ravishda yadroviy zarba berish tartibini joriy etdi.

Konstitutsiyaga kiritilgan yangi o‘zgartirishlarga muvofiq, agar oliy rahbariyat yo‘q qilinsa yoki jiddiy tahdidga uchrasa, mamlakat qurolli kuchlari alohida buyruqsiz yoq yadroviy hujumni amalga oshirishi shart. Shu tariqa, Pxenyan tashqi tahdidlarni tiyib turish maqsadida “avtomatik javob” tamoyilini mustahkamlamoqda.

Bu qaror Yaqin Sharqdagi so‘nggi voqealar, jumladan Eron rahbariyatiga qilingan hujumlar ortidan qabul qilingani aytiladi. KXDR ushbu holatlardan xulosa chiqarib, o‘z rahbariyatiga nisbatan “yo‘q qilish” taktikasining oldini olishni maqsad qilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, ehtimoliy yadroviy javob, avvalo, Qo‘shma Shtatlarga qaratilgan bo‘ladi.

Shu bilan birga, Kim Chen In Janubiy Koreya chegarasi yaqiniga yangi turdagi 155 mmli o‘ziyurar artilleriya qurilmalarini joylashtirishni ham buyurgan. Aytishlaricha, ushbu tizimlar Seulga tezkor zarba berish imkoniyatiga ega.

6640

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→