Yangiliklar/Jamiyat

Sergeli tumanidagi Xonobod mahallasi aholisi vaqtincha gazsiz qoladi

Jamiyat 8 may, 10:32
Sergeli tumanidagi Xonobod mahallasi aholisi vaqtincha gazsiz qoladi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida gaz ta’minoti qisman toʻxtatiladi, deb xabar qildi “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati.

Boshqarma ma’lumotlariga koʻra, bugun, 8-may kuni mutaxassislar gaz tarmoqlarida rejali ta’mirlash ishlarini olib boradi.

Shu munosabat bilan soat 11:00 dan 16:00 gacha Xonobod mahallasi aholisi uchun gaz ta’minoti vaqtincha toʻxtatiladi.

Iste’molchilardan vaqtinchalik noqulayliklarni tushunish soʻraladi.

2360

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→