Yangiliklar/Iqtisod

Rossiyada O‘zbekistondan olib kelingan pomidorlar zararlangani aniqlandi

Iqtisod 8 may, 16:40
Rossiyada O‘zbekistondan olib kelingan pomidorlar zararlangani aniqlandi

Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida Oʻzbekistondan keltirilgan pomidor partiyasida xavfli karantin virusi aniqlandi. Zararlangan mahsulot hajmi qariyb 20 tonnani tashkil etdi.

Rosselxoznadzor ma’lumotiga ko‘ra, laboratoriya tekshiruvlari davomida pomidor mevalarining jigarrang g‘adir-budurligi virusi (Tomato brown rugose fruit virus) aniqlangan.

Mutaxassislar ushbu virus qishloq xo‘jaligi uchun katta xavf tug‘dirishini ta’kidlamoqda. U pomidor va qalampir ekinlarini zararlab, hosilning 30–70 foizgacha yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin.

Qoidabuzarlik aniqlangach, zararlangan mahsulotni Rossiya hududiga olib kirish taqiqlangan. Mazkur partiya qaytarilishi yoki belgilangan tartibda yo‘q qilinishi mumkin.

Mutasaddilar bunday viruslar tez tarqalishini va qattiq nazorat talab etishini qayd etmoqda. Shu sababli import qilinayotgan mahsulotlar ustidan fitosanitar nazorat kuchaytirilgan.

Qayd etilishicha, bu kabi holatlar avval ham kuzatilgan. Ushbu virus issiqxona xo‘jaliklari uchun ayniqsa xavfli bo‘lib, urug‘, ko‘chat va jihozlar orqali tez tarqaladi.

4290

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→