“Diyora. Nozik yo‘l” filmi treyleri “treylerlar Oskari”ga nomzod bo‘ldi

O‘zbek hujjatli filmi — “Diyora. Nozik yo‘l” treyleri kino marketingi sohasidagi eng nufuzli mukofotlardan biri hisoblangan Golden Trailer Awards 2026 nominatsiyasiga kiritildi.
Loyiha “Eng yaxshi xorijiy hujjatli film treyleri” yo‘nalishida taqdim etilib, dunyoning yetakchi studiyalari ishlari bilan raqobatlashadi.
Golden Trailer Awards kino sanoatida “treylerlar Oskari” sifatida tan olinadi. Turli yillarda ushbu mukofot Marvel blokbasterlari, Kristofer Nolan filmlari hamda Netflix loyihalari treylerlariga berilgan. 2026-yilda O‘zbekiston ijodiy jamoasi ishlari ham global darajada e’tirof etildi.
“Diyora. Nozik yo‘l” filmi Parij–2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston tarixida ilk bor oltin medalni qo‘lga kiritgan ayol sportchi — Diyora Keldiyorovaning g‘alabasiga bag‘ishlangan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
