Yangiliklar/Siyosat

O‘zbekistonda To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etiladi

Siyosat 7 may, 15:16
O‘zbekistonda To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etiladi

Prezidentning 2026-yil 6-maydagi PF–78-son Farmoni bilan “To‘lovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, Adliya vazirligi huzurida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi hamda uning hududiy bo‘linmalari tashkil etiladi.

Mazkur Agentlik to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida yagona davlat siyosatini yurituvchi maxsus vakolatli davlat organi sifatida belgilandi.

Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • sohada davlat siyosatini amalga oshirish, nazorat va tartibga solish;
  • davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish hamda ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish.

Shuningdek, O‘zbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi negizida barcha sud boshqaruvchilarini birlashtiruvchi O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi tashkil etiladi.

Palata Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy tuzilmalari bilan birga sohada yagona o‘zini o‘zi boshqarish tizimini shakllantiradi.

4600

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→