O‘zbekistonda qurilish loyihalarini videokamera orqali onlayn nazorat qilish taklif etildi

O‘zbekistonda qurilish sohasida nazoratni kuchaytirish maqsadida obyektlarni onlayn monitoring qilish tizimini joriy etish taklif qilindi. Mazkur masala Prezident Shavkat Mirziyoyevga byurokratiyani qisqartirish va nazorat samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan taqdimotda ko‘rib chiqildi.
Taklifga ko‘ra, yirik qurilish obyektlariga videokuzatuv kameralarini majburiy o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Hozirgi vaqtda bunday talab mavjud emas. Dastlab qiymati 3 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan ijtimoiy loyihalar, ko‘p qavatli uylar, sanoat, savdo va turizm majmualari kameralar bilan jihozlanadi.
Taqdimotda mavjud nazorat tizimining samaradorligi ham muhokama qilindi. 2025-yilda nazoratchilar tomonidan 42 mingga yaqin kamchilik aniqlangan bo‘lsa, keyingi tekshiruvlarda yana 250 mingdan ortiq qoidabuzarlik qayd etilgan. Bu esa tizimni takomillashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Shu munosabat bilan “Shaffof qurilish” platformasida inspektorlar uchun reyestr va reyting tizimi joriy etish taklif etildi. Ularning faoliyati masofadan monitoring qilinadi, hujjatlar esa elektron shaklga o‘tkaziladi. Past reytingga ega mutaxassislar qayta o‘qitiladi, yuqori natija ko‘rsatganlarga esa qo‘shimcha imkoniyatlar beriladi.
Qurilish materiallari sifati ustidan nazorat ham kuchaytiriladi. Har bir material nazorat.mc.uz platformasi orqali ro‘yxatga olinadi va sifat sertifikatlari tizimga yuklanadi. Sifatsiz mahsulotlardan foydalanganlar uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirilishi mumkin.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
