Yangiliklar/Iqtisod

Oʻzbekistonda shaxsiy bank kartala oʻrtasida pul oʻtkazmalari bepul boʻlishi mumkin

Iqtisod 5 may, 21:35
Oʻzbekistonda shaxsiy bank kartala oʻrtasida pul oʻtkazmalari bepul boʻlishi mumkin

O‘zbekistonda bir jismoniy shaxsga tegishli bank kartalari o‘rtasida pul o‘tkazmalarini komissiyasiz amalga oshirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Bu masala 5-may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda muhokama qilindi.

Gap Me2Me formatidagi — ya’ni bir odamning turli banklarda yoki bitta bank doirasidagi kartalari o‘rtasidagi o‘tkazmalar haqida bormoqda. Ayni paytda bunday operatsiyalar ko‘plab hollarda xizmat haqqi bilan amalga oshiriladi, bu esa naqdsiz to‘lovlar rivojiga to‘sqinlik qilayotgani qayd etildi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, raqamli iqtisodiyot sharoitida tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar tobora ko‘proq naqdsiz shaklga o‘tmoqda. Shu sababli to‘lov tizimlari aholiga va biznesga qulay, shaffof hamda arzon bo‘lishi zarur.

Takliflar orasida bank komissiyalarini qayta ko‘rib chiqish, fiskal cheklar asosida keshbeklarni tezkor qaytarish mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, umumiy ovqatlanish, alkogol, tamaki mahsulotlari va yoqilg‘i savdosida ushbu amaliyotni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, kartalar bo‘yicha operatsiyalar xavfsizligini ta’minlovchi antifrod tizimlarida SMS-xabarnomalar bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish zarurligi qayd etildi. Muqobil yechim sifatida bank mobil ilovalaridagi push-xabarnomalar hamda biometrik identifikatsiyadan foydalanish taklif qilinmoqda.

4080

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→