Yangiliklar/Jamiyat

O‘zbekistonda «Elektron retsept» tizimini joriy etish bekor qilinishi mumkin

Jamiyat 1 may, 12:05
O‘zbekistonda «Elektron retsept» tizimini joriy etish bekor qilinishi mumkin

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Elektron retsept tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tartibini bekor qilishni nazarda tutuvchi buyruq loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. Muhokama 10-mayga qadar davom etadi.

Loyiha 2025-yil 15-dekabrdagi buyruq hamda ushbu hujjat bilan tasdiqlangan joriy etish mexanizmini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni taklif qiladi.

Elektron retsept tizimi shifokorlar tomonidan retseptlarni elektron shaklda rasmiylashtirish va dorixonalarda ularni yagona axborot bazasi orqali tekshirishni nazarda tutgan. Dori vositalari qog‘oz retseptsiz, elektron identifikator yoki maxsus kod asosida berilishi rejalashtirilgan edi.

Avvalroq tizimni 2025-yil dekabr oyidan ayrim hududlarda joriy etish, 2027-yildan esa to‘liq ishga tushirish ko‘zda tutilgan. Dastlab u antibiotiklar va gormonal dorilar savdosiga tatbiq etilishi belgilangan edi.

2760

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→