O‘zbekiston va Chexiya kengaytirilgan hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama bitimlar paketini imzoladi

O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama bitimlar paketi imzolandi. Marosim 30-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babish o‘rtasidagi muzokaralar yakunida bo‘lib o‘tdi.
Asosiy siyosiy hujjat sifatida Kengaytirilgan hamkorlikni ilgari surish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi. Unda savdo‑iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, sanoat коопераtsiyasini chuqurlashtirish va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Shuningdek, tomonlar iqtisodiyot va sanoat, ilmiy‑texnologik hamkorlik, geologiya, diplomatik kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha qator kelishuvlarni imzoladi. Metrologiya sohasida esa qo‘shma laboratoriyani loyihalashtirish va tashkil etishni qo‘llab‑quvvatlash hamda ilmiy‑innovatsion hamkorlikni kengaytirish nazarda tutilgan.
Transport sohasida elektropoyezdlarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu yo‘nalish zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda yo‘lovchi tashish infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
