Shveysariya sudi Gulnora Karimovaga oid jinoyat ishini to‘xtatdi

Shveysariya Federal jinoyat sudi 27-aprel kuni Gulnora Karimovaga nisbatan yuritilgan jinoyat ishini rasmiy ravishda to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qarorda qayd etilishicha, ishni davom ettirishga «barqaror to‘siq» mavjud. Xususan, ayblanuvchining sud muhokamasida shaxsan qatnasha olmasligi jarayonni huquqiy jihatdan olib borish imkoniyatini yo‘qqa chiqargan.
Mazkur ish Bellinsona shahrida ko‘rib chiqilayotgan edi. Biroq Gulnora Karimova 2014-yildan buyon O‘zbekistonda qamoqda saqlanmoqda. O‘zbekiston tomoni uning kamida 2028-yil dekabriga qadar mamlakatdan chiqishiga rozilik bermagan. Bundan tashqari, da’vo muddati ham aynan 2028-yilda yakuniga yetadi, bu esa sud jarayonini davom ettirish istiqbolini cheklaydi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
