Bangladeshda 24 soat ichida chaqmoq urishi oqibatida 14 kishi halok boʻldi

Bangladeshda soʻnggi 24 soat ichida chaqmoq urishi oqibatida kamida 14 kishi halok boʻldi. Mamlakatning yetti viloyatida fojiali hodisalar qayd etilgan, deya xabar beradi mahalliy hokimiyat.
Qayd etilishicha, halok boʻlganlarning aksariyati yomon ob-havo sharoitida qishloq xoʻjaligi yerlarida boʻlgan dehqonlardir. Ularning koʻpchiligi kuchli yomgʻirdan daraxtlar ostida panoh topishga harakat qilgan bu esa chaqmoq urishi xavfini sezilarli darajada oshirgan.
Bangladesh uchun bunday holatlar tizimli xarakterga ega. Mamlakatda har yili momaqaldiroq tufayli yuzlab oʻlim holatlari qayd etiladi. Eng fojiali hodisalardan biri 2016-yilda sodir boʻlib, unda chaqmoq urishi oqibatida 200 ga yaqin odam, jumladan, bir kunda 82 kishi halok boʻlgan.
Respublika hukumati avvalroq chaqmoqni milliy xavf manbai sifatida rasman tan olgan edi. Ushbu qaror tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va momaqaldiroq paytida oʻzini tutish qoidalarini aholiga yetkazish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni davlat dasturlariga kiritish imkonini berdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
