Global harbiy xarajatlar oʻsishda davom etmoqda: AQSh, Xitoy va Rossiya yetakchilik qilmoqda

Dunyo 27 aprel, 16:39
Global harbiy xarajatlar oʻsishda davom etmoqda: AQSh, Xitoy va Rossiya yetakchilik qilmoqda

Dunyo miqyosida harbiy ehtiyojlar uchun sarflanadigan mablag‘lar oshishda davom etmoqda. Stokgolmdagi Tinchlik muammolarini tadqiq etish xalqaro instituti (SIPRI) ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda global harbiy xarajatlarning yarmidan ortig‘i AQSH, Xitoy va Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ushbu uch davlatning jami harbiy xarajatlari qariyb 1,48 trillion dollarni tashkil etgan bo‘lib, bu dunyodagi harbiy qudrat asosan yirik davlatlar qo‘lida jamlanib borayotganini ko‘rsatadi. Mutaxassislar mudofaa byudjetlarining oshishini davom etayotgan qurolli mojarolar, shuningdek, turli mintaqalardagi geosiyosiy keskinlik bilan izohlamoqda.

AQSH har harbiy xarajatlar bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolmoqda va boshqa mamlakatlardan sezilarli darajada oldinda bormoqda. Xitoy armiyasini modernizatsiya qilish hamda Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi mavqeini mustahkamlash fonida mudofaa xarajatlarini oshirmoqda. Rossiya esa uzoq davom etayotgan inqirozlar va sanksiyalar bosimi sharoitida harbiy sohani moliyalashtirishga e’tiborni kuchaytirmoqda.

SIPRI tahlilchilarining ta’kidlashicha, harbiy xarajatlarning o‘sishi bir necha yildan buyon kuzatilmoqda va davlatlar ustuvor yo‘nalishlarida xavfsizlik hamda mudofaa masalalari tobora muhim o‘rin egallayotganini aks ettiradi.

3280

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→