Yangiliklar/Jamiyat

O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan shaxslar yo‘l kameralar yordamida aniqlanmoqda

Jamiyat 24 aprel, 14:37
O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan shaxslar yo‘l kameralar yordamida aniqlanmoqda

O‘zbekistonda haydovchilik huquqidan mahrum etilgan shaxslarning avtomobil boshqarish holatlarini aniqlash bo‘yicha avtomatlashtirilgan mexanizm ishga tushirildi. Qoidabuzarliklar shahar hududlarida o‘rnatilgan foto va video kuzatuv kameralari orqali qayd etilib, belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tizim joriy etilganidan buyon haydovchilik huquqidan mahrum qilingan shaxslarning avtomobil boshqargan 192 ta holati aniqlangan.

Shulardan 32 holatda qoidabuzarlarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari — 20 million 600 ming so‘m miqdorida jarima solingan. Yana 31 holatda esa 5 BHM, ya’ni 2 million 60 ming so‘m jarima qo‘llangan. Qolgan materiallar amaldagi tartibda ko‘rib chiqilmoqda.

Qayd etilishicha, kameralar orqali nazorat qilish transport vositasini to‘xtatmasdan va inson omilisiz qoidabuzarliklarni aniqlash imkonini bermoqda. Mutasaddi organlar ushbu amaliyot haydovchilar orasida intizomni kuchaytirish va sud qarorlariga rioya etmaslik holatlarini kamaytirishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

Yangi tizim yo‘l harakati xavfsizligini oshirish va qoidabuzarliklar ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar doirasida joriy etilmoqda.

1,8730

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→