Jizzax viloyatida sun’iy muzliklar texnologiyasi sinovdan o‘tkazilishi mumkin

Jizzax viloyatining Baxmal tumanida “muzli stupalar” deb ataluvchi sun’iy muzliklar texnologiyasini pilot tarzda joriy etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Ushbu texnologiya qish mavsumida suv to‘plash va uni bahor oylarida, suv tanqisligi kuchayadigan davrda foydalanish imkonini beradi. Bu haqda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ma’lum qildi.
Texnologiyani joriy etish imkoniyati FAO delegatsiyasining mintaqaga amalga oshirgan ishchi tashrifi chog‘ida muhokama qilindi. Mutaxassislar mahalliy hokimiyat vakillari bilan birgalikda tog‘li hududlarning tabiiy sharoitlarini o‘rganib, sun’iy muzliklar barpo etilishi mumkin bo‘lgan joylarni ko‘zdan kechirdi.
Mutaxassislar fikricha, sun’iy muzliklarning sekin erishi natijasida hosil bo‘ladigan suv erta vegetatsiya davrida bog‘lar va qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda qo‘llanishi mumkin. Bu esa an’anaviy suv manbalari yetishmaydigan paytda suv ta’minotidagi bosimni kamaytirishga xizmat qiladi hamda qishloq xo‘jaligining barqarorligini oshiradi.
“Muzli stupalar” — bu qish oylarida suvni muzlatish orqali hosil qilinadigan konussimon muz inshootlari hisoblanadi. Ularning shakli tufayli muz sekin eriydi va bahor faslida suv bosqichma-bosqich ajralib chiqadi.
Mazkur texnologiya qurg‘oqchil tog‘li hududlar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, uning muallifi hindistonlik muhandis va ixtirochi Sonam Vangchukdir. Jizzax viloyatida loyiha hozircha dastlabki bosqichda bo‘lib, uni amaliyotga tatbiq etishdan avval qo‘shimcha baholash talab etiladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
