Bolalar oʻrtasida meningokokk infeksiyasining koʻpayishi qayd etildi

O‘zbekistonda meningokokk infeksiyasi bilan kasallanish holatlari oshgani kuzatilmoqda. Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yilning birinchi choragida 174 ta holat aniqlangan bo‘lib, ularning 168 tasi 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida qayd etilgan.
Aprel oyida kasallanish darajasi 14 foizga kamaygan, biroq epidemiologik vaziyat mutaxassislar nazoratida qolmoqda.
Infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida kontakt shaxslar o‘rtasida tezkor emlash ishlari olib borildi — 4,8 mingdan ortiq kishi emlandi. Shuningdek, profilaktik choralar uchun 8 ming doza vaksina xarid qilindi.
Idorada meningokokk infeksiyasi og‘ir kechishi va tezda asoratlar, jumladan meningitga olib kelishi mumkinligi eslatildi. Fuqarolarga shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish va kasallikning dastlabki belgilari paydo bo‘lganda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish tavsiya etildi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
