Umumiy ovqatlanish joylarida alkogol mahsulotlari yana naqd pulga sotilishi mumkin

O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish korxonalarida alkogol mahsulotlarini naqd pulda sotishga ruxsat berilishi mumkin. Bu haqda 21-aprel kuni Savdo-sanoat palatasida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ma’lum qilindi.
Soliq qo‘mitasi raisi Farruh Po‘latovning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda restoran va kafelarda alkogolli ichimliklarni nafaqat naqdsiz, balki naqd pul shaklida ham realizatsiya qilish imkoniyati yaratiladi.
Mazkur masala muloqot davomida ko‘tarilgan. Tadbir ishtirokchilaridan biri — tadbirkor ayol — umumiy ovqatlanish joylarida chet ellik sayyohlarga xizmat ko‘rsatishda hisob-kitob bilan bog‘liq qiyinchiliklar yuzaga kelayotganini ta’kidlagan. Uning aytishicha, alkogol mahsulotlari uchun naqd pulda to‘lash imkoniyatining yo‘qligi xorijiy mehmonlar uchun noqulaylik tug‘dirmoqda.
Mazkur murojaatga munosabat bildirar ekan, Soliq qo‘mitasi raisi ushbu holat amaldagi cheklovlar natijasi ekanini tan olib, vaziyatni “Bu bizning aybimiz” deb baholadi. U qo‘mita mazkur muammoni hal etish ustida ish olib borayotganini va o‘zgarishlar yaqin vaqt ichida joriy etilishini bildirdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
