Buyuk Britaniya yoshlarga sigaret sotishni umrbod taqiqlashni qoʻllab-quvvatlaydi

Dunyo 22 aprel, 14:15
Buyuk Britaniya yoshlarga sigaret sotishni umrbod taqiqlashni qoʻllab-quvvatlaydi

Buyuk Britaniya parlamenti mamlakatda chekishni toʻliq va bosqichma-bosqich toʻxtatishga qaratilgan qonun loyihasini tasdiqladi. Hujjatda 2009-yil 1-yanvardan keyin tugʻilganlar uchun tamaki mahsulotlari va elektron sigaretalar sotishni umrbod taqiqlash joriy etilgan.

Qonun printsipi "yosh chegarasining surilishi" ga asoslanadi: sigaretani sotib olishning qonuniy yoshi har yili oshib boradi. Shunday qilib, har bir keyingi avlod tamaki va nikotin mahsulotlariga qonuniy kirish huquqidan abadiy mahrum boʻladi. Kelgusida cheklovlar butun mamlakat aholisini qamrab oladi.

Sotishni taqiqlashdan tashqari, yangi qonun davlat vakolatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Hokimiyat tamaki mahsulotlari, elektron sigaretalar va boshqa nikotin oʻz ichiga olgan mahsulotlar tarkibini - lazzatlardan tortib tashqi dizayn va qadoqlashgacha boʻlgan qat’iy tartibga solish huquqiga ega boʻladi.

Lordlar palatasida soʻzga chiqqan parlamentning ayollar salomatligi masalalari boʻyicha Davlat kotibi oʻrinbosari baronessa Gillian Meron bu tashabbusni tarixiy deb baholab, chekmaydigan avlodni shakllantirishga zamin yaratishini ta’kidladi.

Hujjatning yakuniy kuchga kirishi uchun monarx qirol Charlz III ning rasmiy roziligi talab qilinadi. Qonun loyihasining oʻzi 2023-yilda parlamentga koʻrib chiqish uchun taqdim etilgan va Yevropaning zamonaviy tarixidagi tamakiga qarshi eng qattiq qarorlardan biriga aylandi.

2670