Xavfli buyumlarni olib yurish va sovuq qurolga egalik qilish qoidalarini oʻzgardi

O‘zbekistonda atrofdagilar uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan buyumlarni olib yurish ustidan nazoratni kuchaytirish, shuningdek, fuqaroviy qurol bilan bog‘liq tartiblarni aniqlashtirishni nazarda tutuvchi qonun qabul qilindi. Hujjat 17 aprel kuni imzolangan va kuchga kirgan.
O‘zgartirishlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda “Qurol to‘g‘risida”gi qonunga kiritildi. Xususan, sovuq qurol sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan buyumlarni jamoat joylarida ochiq holda olib yurish taqiqlanadi. Bunda mehnat faoliyati, sport mashg‘ulotlari yoki kundalik xo‘jalik ehtiyojlari bilan bog‘liq holatlar istisno etiladi.
Agar fuqaro ushbu talabni ma’muriy jazodan keyin bir yil ichida takroran buzsa, unga bir bazaviy hisoblash miqdoridan besh bazaviy hisoblash miqdorigacha jarima solinadi.
Qonun fuqaroviy qurol aylanmasiga oid masalalarni ham qamrab oladi. Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarning himoya orderi amal qilayotgan davrda yoki unda ko‘rsatilgan muddat davomida qurolni saqlash va olib yurish huquqi cheklanadi. Bunday hollarda qurol va o‘q-dorilar ichki ishlar organlari tomonidan olib qo‘yiladi.
Rasmiylarning ta’kidlashicha, yangi tartib-qoidalar takroriy huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat joylaridagi xavfsizlikka tahdidlarni kamaytirish va voyaga yetmaganlarni himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
