Yangiliklar/Siyosat

Nogiron bolalarga gʻamxoʻrlik qiluvchi korxonalar 2030 yilgacha soliqlardan ozod qilinadi

Siyosat 19 aprel, 18:07
Nogiron bolalarga gʻamxoʻrlik qiluvchi korxonalar 2030 yilgacha soliqlardan ozod qilinadi

Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarishlash xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlar 2030-yilgacha soliqlardan ozod qilinadi. Ayni vaqtda bunday bolalarning ota-onalari uchun ushbu xizmatlar uchun har oyda 3 million soʻmgacha boʻlgan xarajatlardan daromad soligʻi bekor qilinadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevga aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini isloh qilish doirasida yangi chora-tadbirlar taqdim etildi.

Imtiyozlar davlat-xususiy sheriklik asosida nogiron bolalarni kunduzgi parvarishlash sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qoʻllaniladi. Ayni paytda bunday xizmatlardan 400 ga yaqin tadbirkorlar koʻrsatib, 4,4 ming nafardan ortiq bola foydalanmoqda.

“Inson” ijtimoiy xizmat koʻrsatish markazlarining vazifalari ham kengaymoqda. Ularning xodimlari 1-iyundan boshlab mahalliy davlat hokimiyati organlari huzuridagi vasiylik va homiylik komissiyalari tarkibiga kiradi va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning huquqlariga rioya etilishini nazorat qilishda ishtirok etadi.

Shuningdek, “Muruvvat” maktab-internatlari ijtimoiy moslashuv, kundalik koʻnikmalarni rivojlantirish va mustaqil hayotga yoʻnaltirilgan “Gʻamhorlik” markazlariga bosqichma-bosqich aylantirilmoqda.

Davlat rahbari tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlab, tegishli me’yoriy hujjatlarni imzoladi.

2920

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→