Oʻzbekiston toʻlov vositasi sifatida stabilkoinlardan foydalanishga ruxsat beradi

O‘zbekistonda stablkoinlardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish imkonini nazarda tutuvchi maxsus huquqiy rejim joriy etilmoqda. Adliya vazirligi ushbu mexanizmni joriy etish tartibini belgilovchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjatning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi 2026‑yil 15‑aprelda yakunlandi.
Hujjatda stablkoin milliy yoki xorijiy valyutaning nominal qiymatiga bog‘langan qiymatga ega bo‘lgan kriptoaktiv turi ekanligi qayd etilgan. Ushbu raqamli moliyaviy vositalardan foydalanish tajriba-sinov (eksperimental) huquqiy rejimi doirasida amalga oshiriladi.
Belgilangan talablarga ko‘ra, stablkoinlarni faqat O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar chiqarishi mumkin. Maxsus rejim doirasida bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha tajriba loyihalarini amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Xususan, milliy va (yoki) xorijiy valyuta bilan ta’minlangan stablkoinlarni chiqarish, ularni mamlakat hududida to‘lov vositasi sifatida qo‘llash, xalqaro pul o‘tkazmalarida foydalanish, shuningdek blokcheyn texnologiyasiga asoslangan to‘lov tizimlarini yaratish nazarda tutilgan.
Stablkoinlarni chiqarishda ta’minotni shakllantirish qoidalari alohida belgilangan. Ta’minot sifatida faqat milliy va (yoki) xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari Markaziy bankdagi alohida rezerv hisobvarag‘ida saqlangan bo‘lishi shart. Ushbu maqsadlar uchun kredit mablag‘lari, garovga olingan yoki boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi bo‘lish uchun arizalarni topshirish va taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish bepul amalga oshirilishi qayd etilgan. Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni hech qanday yig‘im yoki davlat boji to‘lashni talab qilmaydi.
Kutilishicha, mazkur huquqiy mexanizm stablkoinlardan moliyaviy operatsiyalarda foydalanishni amaliy jihatdan sinovdan o‘tkazish, ularning muomaladagi shaffofligini oshirish hamda O‘zbekistonda raqamli to‘lov yechimlarini rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy asos yaratishga xizmat qiladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
