Javohir Sindorov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shaxmatchi Javohir Sindorovni “Mehnat Shuhrati” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Gʻoliblarni taqdirlash marosimi 17-aprel kuni boʻlib oʻtdi.
Tantanali tadbirda davlatimiz rahbarining farmonini Bosh vazir Abdulla Aripov oʻqib eshittirdi. Mukofot sportchining xizmatlari, yuksak natijalari va shaxmatni rivojlantirish va Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga qoʻshgan hissasi e’tirofi sifatida topshirildi.
“Mehnat shuhrati” ordeni 1995-yilda ta’sis etilgan boʻlib, kasbiy faoliyatida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishgan, davlat va jamiyat hayotida faollik koʻrsatgan fuqarolar taqdirlanadi. Ushbu mukofot mamlakatimiz taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan mutaxassislar, tadbirkorlar va turli soha vakillari taqdirlanadi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar asosiy hisob-kitob koʻrsatkichining qirq baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti oladilar, shuningdek, belgilangan imtiyozlardan foydalanadilar.
Ta’kidlanganidek, Javohir Sindorovning taqdirlanishi sportni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgani, xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan oʻzbekistonlik sportchilarning yutuqlari e’tirof etilishining ifodasiga aylandi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
