O‘zbekistonda uy-joy reklamasi bo‘yicha qoidalarni buzgan quruvchilar jarimaga tortildi

O‘zbekistonda bir nechta qurilish kompaniyalari reklama qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi o‘tkazilgan tekshiruvlar yakuniga ko‘ra ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, ayrim quruvchilar uy-joy majmualarini maxsus elektron reyestrga kiritmagan holda reklama qilgan. Mazkur loyihalar aholi mablag‘larini ulushli qurilish asosida jalb etishni ko‘zda tutgan.
Qoidabuzarliklar Humo Avenue, Story Dom Siyob, Aziya Makon City, Aziza Credo Max, Shoxsaroy Enter Group va Qorasuv Avenue kompaniyalari tomonidan sodir etilgan. Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, ushbu kompaniyalar o‘z qurilish obyektlarini ijtimoiy tarmoqlar va internet platformalari orqali faol targ‘ib qilgan, biroq majburiy ro‘yxatdan o‘tish talablarini bajarmagan.
Amaldagi tartibga ko‘ra, fuqarolarning mablag‘larini uy-joy qurilishi uchun jalb qiluvchi quruvchilar o‘z loyihalarini maxsus elektron tizimda ro‘yxatdan o‘tkazishi shart. Ushbu talab Prezidentning PQ–4732-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Reyestrga kiritilmaguncha bunday obyektlarni reklama qilish taqiqlanadi.
Shuningdek, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, zarur ruxsat beruvchi hujjatlarsiz mahsulot yoki xizmatlarni reklama qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tekshiruv materiallari ko‘rib chiqilgach, maxsus komissiya mazkur kompaniyalarni qonunbuzarlik sodir etgan deb topdi. Ularga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarimalar qo‘llandi.
Qo‘mitada ta’kidlanishicha, qurilish sohasida reklama ustidan nazorat ishlari davom ettiriladi. Bu chora-tadbirlar fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish va ko‘chmas mulk bozorida ochiqlikni ta’minlashga qaratilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
