Toshkent – Yerevan yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda

Oʻzbekiston va Armaniston poytaxtlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam aviaqatnovlar ochish rejalashtirilgan. Dastlabki rejalarga koʻra, Toshkent – Yerevan yoʻnalishi boʻyicha yoʻlovchi reyslari 2026-yilning may oyidayoq amalga oshirilishi mumkin.
Reyslar haftada bir marta amalga oshirilishi kutilmoqda. Yoʻnalishga xizmat koʻrsatish uchun oʻrta masofali yoʻnalishlarda yoʻlovchilarni tashishga moʻljallangan Boeing 737 samolyotlaridan foydalanish rejalashtirilgan.
Toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilgani ikki davlat oʻrtasidagi transport, turizm va ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishdagi muhim qadam sifatida baholanmoqda. Hozirda Toshkent va Yerevan oʻrtasida parvoz qilayotgan yoʻlovchilar uchinchi davlatlar, jumladan, Rossiya, Turkiya va Gruziya orqali bogʻlangan reyslardan foydalanishga majbur boʻlmoqda, bu esa yoʻl vaqti va parvoz narxini oshiradi.
Yangi yoʻnalish boʻyicha aviatashuvchi Yerevandagi Zvartnots xalqaro aeroportida joylashgan Armanistonning Shirak Air aviakompaniyasi boʻladi. Kompaniya oʻz faoliyatini 2019 yilda boshlagan va bir nechta yoʻnalishlarga xalqaro reyslarni amalga oshiradi. Tashuvchining parki Boeing 737 oilasiga mansub samolyotlardan iborat.
Toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarning ochilishi Oʻzbekiston va Armaniston oʻrtasidagi transport qulayligini oshirish, sayyohlik oqimini kengaytirish hamda iqtisodiy va gumanitar hamkorlik uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
