Toshkentning uchta tumanida gaz vaqtinchalik uziladi

Toshkent shahrining uch tumanida 14-aprel kuni tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Cheklovlar gaz tarmoqlarida rejalashtirilgan texnik va ta’mirlash ishlari olib borilishi bilan bog‘liq. Bu haqda Hududgaz Poytaxt kompaniyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xususan, Shayxontohur tumanida gaz ta’minoti soat 10:00 dan 18:00 gacha o‘chiriladi. Vaqtinchalik cheklovlar «Charx Novza», «Kamolon», «Yangiobod», «Zangiota» va «Samarqand darvoza» mahallalarini qamrab oladi.
Yashnobod tumanida ta’mirlash ishlari soat 13:00 dan 16:30 gacha rejalashtirilgan. Ushbu vaqt oralig‘ida Maxtumquli, Mirzo Ulug‘bek, Pahlavon Mahmud ko‘chalari hamda Aviashaharcha-22 hududida istiqomat qiluvchi iste’molchilar gazsiz qoladi.
Bundan tashqari, Yangihayot tumanida gaz ta’minoti soat 11:00 dan 14:00 gacha vaqtincha to‘xtatiladi. Cheklovlar «Toshkent» va «Fayzli» mahallalariga taalluqli bo‘ladi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ushbu ishlar profilaktik xarakterga ega bo‘lib, gaz yetkazib berishning barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash uchun zarur. Ta’mirlash ishlari yakunlangach, gaz ta’minoti odatdagi tartibda qayta tiklanadi. Aholidan yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklarga tushunish bilan qarash so‘raladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
