Toshkent xalqaro investitsiya forumiga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston poytaxti yana global investitsion tendensiyalar muhokamasi uchun maydonga aylanadi. 2026-yilning 16–19-iyun kunlari Toshkent shahrida beshinchi Xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mamlakatning investitsion salohiyatiga bag‘ishlangan maqolada Kuvaytning Aljarida elektron nashri xabar bermoqda.
Tadbir “Investitsion barqarorlik: yangi imkoniyatlar va hamkorliklar” shiori ostida o‘tkaziladi hamda O‘zbekistonni Markaziy Osiyoning muhim investitsiya markazlaridan biri sifatida yanada ilgari surishga qaratilgan. Nashrga ko‘ra, forum ijobiy makroiqtisodiy sharoitda tashkil etiladi. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, respublika iqtisodiyoti 7,7 foizga o‘sdi, yalpi ichki mahsulot hajmi 147 milliard dollardan oshdi, eksport esa 33,8 milliard dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, mamlakatning suveren kredit reytinglari ham izchil yaxshilanib bormoqda.
Forumda Toshkent xalqaro moliyaviy markazining faoliyatiga alohida e’tibor qaratilishi rejalashtirilgan. Mazkur markaz 2026-yil mart oyida tashkil etilgan bo‘lib, maxsus huquqiy rejim asosida faoliyat yuritadi. U investorlar uchun 2076-yilgacha amal qiladigan uzoq muddatli soliq imtiyozlari hamda biznes yuritishda soddalashtirilgan ma’muriy tartiblarni taklif etadi.
Forum kun tartibidan, shuningdek, energetik transformatsiya, “yashil” moliyalashtirishni rivojlantirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini oshirish masalalari joy olgan. Qayd etilishicha, O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik doirasidagi loyihalarning umumiy hajmi 28 milliard dollarga yetgan bo‘lib, bu investorlarning yuqori qiziqishini aks ettiradi.
Aljarida ma’lumotiga ko‘ra, forum doirasida Janubiy Koreya, AQSh, Turkiya, Xitoy hamda SHHTga a’zo davlatlar vakillari bilan faol investitsion muloqotlar kutilmoqda. Avvalgi forum yakunlari bo‘yicha 30,5 milliard dollarlik kelishuvlar imzolanganini inobatga olgan holda, bo‘lajak tadbir mamlakat investitsiya siyosatini amaliy jihatdan amalga oshirishga xizmat qiluvchi muhim vosita sifatida baholanmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
